35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
“Burch, jasorat, matonat!”

“Burch, jasorat, matonat!”

Bugun erta tongdan Sariosiyo tumanidagi Xotira maydoniga tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Odiljon Yaqubov hamda Kengash riasi M.Ashurov boshchiligida, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.

Tuman hokimi O.Yaqubov tadbir ishtirokchilari oldida so‘zga chiqib, yurtimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning ulug‘vor jasoratini yodga oldi. Shu bilan birga, bugungi avlod ularning sharafli yo‘lini munosib davom ettirishi, el-yurt tinchligi va farovonligiga o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini ta’kidladi.

Mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanayotgani zamirida ajdodlar xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini namoyon bo‘lmoqda.

Slide 1 of 2