35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
“Alpomish” mahallasidagi deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etdi

"Alpomish" mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan o‘rganishlarning navbatdagi manzili mahallada piyodalar yo‘lakchasi qurish hamda hududni energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash ishlari bo‘ldi.

O‘rganish xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 20-Qozoyoqli saylov okrugidan saylangan deputat Musayev Lazizjon hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurodlar tomonidan o‘tkazildi.

Mazkur loyiha bo‘yicha qurilish ishlari “ANGOR ROVON” XK tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida deputatlar obyekt hududidagi qurilish jarayonlari, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan reja asosida olib borilishi ko‘zdan kechirishdi.

Hozirgi kunda qurilish hududida yer tekislash ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, 1 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi betonlashtirilgan. Shuningdek, 300 metr masofaga nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan maxsus plitkalar o‘rnatilgan.

Mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, ayniqsa tungi paytlarda piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2