35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
Rejalashtirilgan ishlar — nazorat va muvofiqlashtirish asosida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O’.Tojiyeva tomonidan Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida joriy hafta davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida haftalik ish rejalari, hududlarda olib boriladigan o‘rganishlar, sayyor qabullar, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, joylardagi muammolarni tizimli o‘rganish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati xodimlariga hududlarda olib borilayotgan ishlarni doimiy nazorat qilish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda aholiga yaqindan xizmat qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur ishchi uchrashuv rejalashtirilgan vazifalarni tizimli tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3