35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva hamda Yashnobod tuman Kengashi deputati Nigora Murodovalar 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Mazkur uchrashuv 45-Qo‘yliqobod saylov okrugiga qarashli “Qo‘yliqobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etildi.

📝 Uchrashuvda Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyat mudiri Alisher Kerimov, mahalla raisi Husan Norov, mahalla yettiligi, faollar, nuroniylar, yoshlar hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etib, deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi. Deputat o‘z axborotida chorak davomida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, murojaatlar bilan ishlash jarayoni hamda mahallalarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

📁 Shuningdek, Sevara Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitini yuksaltirish hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan masalalar muhokamasida qatnashib birinchi chorak davomida aholi bilan 9 marta uchrashuvlar o‘tkazib, dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul shaxslarga 3 marta deputat so‘rovi yuborilgani, so‘rov natijasida "Yangi Davr" mahallasida elektr simlari bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgani, "Katta Qo‘yliq" mahallasidagi Tabibiy va Tabassum ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari hal etilgani ta’kidlandi.

🔎 Ochiq muloqot ruhida o‘tgan yig‘ilish davomida mahalla faollari va fuqarolar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar, maktabda ta’lim jarayonlarini nazorat qilish infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligi hamda ijtimoiy muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Deputat ushbu takliflar deputatlik faoliyatida inobatga olinishi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish choralar ko‘rilishini qayd etdi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10