35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Innovatsiyalar va rivojlanish: xalqaro anjumanda dolzarb masalalar muhokama qilindi

Mazkur tadbirda Samarqand shahar Kengashi deputati O. Pardaev ishtirok etib, o‘z nutqi bilan qatnashdi 

 Anjuman davomida talaba-yoshlarning muammolari, ularning taklif va tashabbuslari, zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar hamda innovatsion rivojlanish masalalari keng muhokama qilindi. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy loyihalarga jalb etish yuzasidan muhim fikrlar bildirildi.

 Shuningdek, tadbir doirasida qator muhim qonun hujjatlari yuzasidan targ‘ibot ishlari ham olib borildi:

 “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№O‘RQ-578, 01.11.2019)

 “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№O‘RQ-792, 29.09.2022)

 Ushbu qonunlarning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda yoshlar va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratayotgan imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

 Anjuman ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

 Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan takliflar bildirdilar

Slide 1 of 3