Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
янв.21
Mámleketlik bajını tólewden azat etiledi
янв.21
KEŃES PREZIDIUMI SHÓLKEMLESTIRILMEKTE.
янв.21
BIZ KÚTKEN NIZAM
янв.21
ALDAWSHILARǴA JOL JOQ
Samarqand shahar deputatlari 21-umumta’lim maktabi muzeyi bilan tanishdi

 Maktab uzoq tarixga ega bo‘lib, binosi 1954-yilda qurilgan. U shaharning ta’lim tizimida faol ishtirok etib, adabiyot va ma’rifat yo‘nalishida tadbirlar o‘tkazib keladi. Hozirda zamonaviy ta’lim dasturlari tatbiq etilgan holda faoliyat yuritmoqda.

 Ma’lumki, ushbu maktabga Birinchi Prezidentimiz I. Karimov 1945-yilda o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomlagan.

 Deputatlar muzeyda Islom Abdug‘aniyevich o‘qigan davrdagi shinam partalar, kundalik daftarlar, insho daftarlari, tabellar, sinfdoshlar bilan tushgan suratlar va vinyetkalarni ko‘rib, tarixiy ob’ektlar saqlanib qolganligiga guvoh bo‘ldilar.

 Shuningdek, muzeyda Islom Abdug‘aniyevichni ko‘p yillar o‘qitgan ustozi Halim Abdurahmonov va boshqa mohir pedagoglarga tegishli tarixiy ashyolar ham diqqatga sazovor ekanligi ta’kidlandi.

 Deputatlar muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, tashrif buyuruvchilar sonini oshirish, qulayliklar yaratish va muzey fondidagi eksponatlarni saqlash bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

 Jumladan, muzeyni ta’lim sohasida o‘tmish, bugun va kelajakni aks ettiruvchi madaniy maskan sifatida boyitish, nodir eksponatlar bilan yanada boyitish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish zarurligi ta’kidlandi.

 Tashrif yakunida deputatlar muzeyning “faxriy tashrif buyuruvchilar” kitobiga o‘z fikr-muloahazalarini yozib qoldirdilar.

Slide 1 of 2