Mazkur murojaatga asosan Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi deputati T.Kazaxbaev tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limiga 2026-yilning 21-yanvar kuni 3-ds-361-26-sonli deputatlik so'rovi yuborilgan.
Natijada, mazkur kesishmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, tuman Ichki ishlar bo'limi hamda "Obodonlashtirish" tuman bo'limi mas’ullari tomonidan “Yo‘l bering” va “Asosiy yo‘l” belgilari o'rnatildi.
Mahalliy aholi deputatning tezkor aralashuvini yuqori baholab, muammo e’tiborsiz qolmagani, fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilayotganini mamnuniyat bilan kutib oldi.
✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati