Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JERGILIKLI BYUDJET, ISBILERMENLIKTI RAWAJLANDIRIW HÁM EKONOMIKALIQ REFORMALAR MÁSELELERI BOYINSHA TURAQLI KOMISSIYASINIŃ MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
KEGEYLIDE DEPUTATLAR ULIWMAXALIQLIQ SHEMBILIKKE QATNASPAQTA.
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN BIRGE ISLESIW ÓZ NÁTIYJESIN BERMEKTE
янв.21
ÓzLiDeP DEPUTATLÍQ TOPARÍNÍŃ GEZEKTEGI MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ KEGEYLI RAYONLÍQ KEŃESINIŃ ON JETINShI SESSIYaSÍ BOLÍP ÓTTI
янв.21
“ADOLAT” SDP DEPUTATLÍQ TOPARÍNÍŃ GEZEKTEGI MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
ПАРЛАМЕНТИМИЗ КОРЕЯ РЕСПУБЛИКСЫ ҲӘМДЕ ХОРВАТИЯ МӘМЛЕКЕТЛЕРИ МЕНЕН ДЕ БИРГЕ ИСЛЕСЕДИ
янв.21
Мәмлекетимизде аҳмийетли жойбарлар әмелге асырылады
Fuqarolarni muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Fuqarolarni muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

📌 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengash Kotibiyat mudiri N.Ubaydullayev xamda Kengash deputatlari O.Yusupov, O. Toxtabayev tomonidan Namangan shahridagi “Alpomish”, “Majnuntol”, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashdilar.

✍️ Uchrashuvda mahalla raisi "yettilik" a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, xususan, ekologiya, infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.

➡️ Deputatlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

🗣 Uchrashuv davomida deputatlar aholi bilan muntazam muloqot olib borish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tizimli ish olib borish xalq vakillarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar.

✔️ Uchrashuvdan so‘ng fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar hamda mahallani infrastrukturasini rivojlantirish maqsadida mutasaddi rahbarlar bilan “Alpomish”, “Majnuntol”, “Yangiobod” mahallasi deputatlar tomonidan ko‘zdan kechirildi. Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida mahalliy aholining turmush farovonligini yanada oshirish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish, obodonlashtirish va xavfsizlik masalalari yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, masalalar nazoratga olindi.

Slide 1 of 10