Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JERGILIKLI BYUDJET, ISBILERMENLIKTI RAWAJLANDIRIW HÁM EKONOMIKALIQ REFORMALAR MÁSELELERI BOYINSHA TURAQLI KOMISSIYASINIŃ MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
KEGEYLIDE DEPUTATLAR ULIWMAXALIQLIQ SHEMBILIKKE QATNASPAQTA.
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN BIRGE ISLESIW ÓZ NÁTIYJESIN BERMEKTE
янв.21
ÓzLiDeP DEPUTATLÍQ TOPARÍNÍŃ GEZEKTEGI MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
XALÍQ DEPUTATLARÍ KEGEYLI RAYONLÍQ KEŃESINIŃ ON JETINShI SESSIYaSÍ BOLÍP ÓTTI
янв.21
“ADOLAT” SDP DEPUTATLÍQ TOPARÍNÍŃ GEZEKTEGI MÁJILISI BOLÍP ÓTTI.
янв.21
O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
ПАРЛАМЕНТИМИЗ КОРЕЯ РЕСПУБЛИКСЫ ҲӘМДЕ ХОРВАТИЯ МӘМЛЕКЕТЛЕРИ МЕНЕН ДЕ БИРГЕ ИСЛЕСЕДИ
янв.21
Мәмлекетимизде аҳмийетли жойбарлар әмелге асырылады
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyat mudiri B.Mo'ydinov “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Andijon shahar bo'limining faoliyati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyat mudiri B.Mo'ydinov “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Andijon shahar bo'limining faoliyati bilan tanishdi.

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bo'limining manzili Andijon shahar Davlat xizmatlari markazida bo'lib, hozirda fuqarolarga faol tarzda bepul yuridik maslahatlar berib kelishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib, 2019-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

✍Ushba tashkilotning asosiy maqsadi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ko‘maklashish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish.

Asosiy vazifalari:

✅fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;

✅fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni safarbar etish;

✅fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

✅aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etishdan iboratdir.

🤝Kelgusida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining shahar bo‘limi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

Slide 1 of 4