Mazkur tadbirda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi Termiz shahar bo‘limi raisi T.Berdiyev ishtirok etib, yoshlar oldida ma’ruza qildi.
U o‘z so‘zida giyohvandlikning jamiyat va kelajak avlod hayotiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda oilaning, ta’lim muassasalarining va keng jamoatchilikning o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr va savollariga javob berildi. Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli illatlarga qarshi murosasiz kurashish hamda ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.