Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛЫҚ ДЕПУТАТЛАРЫ КЕГЕЙЛИ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ ОН АЛТЫНШЫ СЕССИЯСЫ БОЛЫП ӨТТИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Uzun tumaniagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi "Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida" PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. 

Ushbu hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” NNTning Uzun tumani vakili bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi

Mazkur tashabbus fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi tomonidan bunday hamkorlik aloqalarini kengaytirish va aholiga yaqin bo‘lgan, ochiq va shaffof faoliyat yuritish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.