Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"ҒАЛЛАНИНГ ЗАНГ КАСАЛЛИГИГА ҚАРШИ КУРАШИШ ВА ҲОСИЛНИ ПАРВАРИШЛАШ БОРАСИДА КЕЧИКТИРИБ БЎЛМАЙДИГАН ВАЗИФАЛАР"
янв.21
JERGILIKLI KEŃESLERDIŃ WÁKILLIKLERI KEŃEYMEKTE.
янв.21
ХАЛЫҚ ДЕПУТАТЛАРЫ КЕГЕЙЛИ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ ОН АЛТЫНШЫ СЕССИЯСЫ БОЛЫП ӨТТИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
📚 Ishtixon tumanidagi Markaziy kutubxonaning holati o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi Markaziy kutubxonaning hozirgi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur o‘rganish aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda kutubxona tizimini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

📖 O‘rganish davomida kutubxona fondining holati, mavjud adabiyotlar soni va ularning dolzarbligi, yangi adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasi, shuningdek kitobxonlar oqimi va ularning ehtiyojlari tahlil qilindi. Ayniqsa, yoshlar va talabalar uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari hamda badiiy kitoblar bilan ta’minlanganlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

💻 Shuningdek, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, o‘quv zallari, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligi, internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘zdan kechirildi. Deputatlar tomonidan infratuzilmani yanada yaxshilash, kitobxonlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Muloqot jarayonida kutubxona xodimlarining taklif va muammolari ham tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, fondni yangi va dolzarb adabiyotlar bilan boyitish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqiladi.

🎓 Bu ishlar tuman aholisi, ayniqsa yoshlar va talabalarning bilim olish, ma’naviy kamolotini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5