Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мәмлекетимизде аҳмийетли жойбарлар әмелге асырылады
янв.21
"ҒАЛЛАНИНГ ЗАНГ КАСАЛЛИГИГА ҚАРШИ КУРАШИШ ВА ҲОСИЛНИ ПАРВАРИШЛАШ БОРАСИДА КЕЧИКТИРИБ БЎЛМАЙДИГАН ВАЗИФАЛАР"
янв.21
JERGILIKLI KEŃESLERDIŃ WÁKILLIKLERI KEŃEYMEKTE.
янв.21
ХАЛЫҚ ДЕПУТАТЛАРЫ КЕГЕЙЛИ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ ОН АЛТЫНШЫ СЕССИЯСЫ БОЛЫП ӨТТИ
янв.21
ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”

“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tashabbusi bilan Navoiy shahar hududida joylashgan Kimyogar va Tinchlik mahallalarida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda mahalla faollari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganish bo‘yicha manzilli tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir doirasida ushbu mahallalarda yashovchi, ruhiy kasallik bilan tibbiy nazoratda turgan, shuningdek, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar mavjud bo‘lgan oilalar holidan xabar olindi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yashash sharoiti, sog‘liq holati, mehnat bilan bandlik darajasi hamda tibbiy, psixologik va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida har bir oila a’zosi bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularni tashvishga solayotgan muammolar, ehtiyojlar va takliflar tinglandi. Mutaxassislar tomonidan ruhiy salomatlikni tiklash, zararli odatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda tibbiy nazoratni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga mazkur oilalarni doimiy ravishda nazoratga olish, ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish, zarur hollarda sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya choralariga jalb etish, shuningdek, ularni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Mazkur tadbir aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, muammoli oilalar bilan manzilli ish olib borish, mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Bu kabi tadbirlarni kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 16