Bekobod tumani Qoʻshtamgʻali mahallasi raisi, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati G. Risqulova tomonidan “Qoʻshtamgʻali” mahallasida “Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etish masalalari yuzasidan mahalla fuqarolari bilan maslahat yigʻilishi oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida tashabbusli gʻoyalar ilgari surilib, aholini loyiha jarayonlarida faol boʻlishga chorlandi.
Yig'ilishda mahalla faollariga “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (2021-yil 20-yanvar, №-668)ning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarga zarur tushunchalar berildi.