Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI KEGEYLI RAYONLIQ KEŃESINIŃ BASLIǴI SAYLANDI
O‘zbekiston “Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi M.Asadova hamda tuman Kengashi deputati M.To‘rayevlar tomonidan tumandagi 31-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi. Ta’lim-tarbiya, profilaktika, sanitariya holati va sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Peshku tuman Kengashi raisi M.Asadova hamda tuman Kengashi deputati M.To‘rayevlar tomonidan tumandagi 31-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi. Ta’lim-tarbiya, profilaktika, sanitariya holati va sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida maktabda mahalla va voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi profilaktika inspektorlari tomonidan doimiy nazorat hamda profilaktika ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi. O‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jumladan, chekish, kashandalik va nomaqbul saytlarga kirish holatlarini bartaraf etish masalalari yuzasidan ota-onalar bilan ish olib borilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, maktabda o‘quvchilarning dars jarayonida mobil telefonlardan foydalanmasligi bo‘yicha nazorat yo‘lga qo‘yilgan. Maktab psixologi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Sinf xonalari toza, issiq va yorug‘ holatda, maktab atrofida obodonchilik ishlari olib borilgan. Maktab sport zali holati yaxshi ekani, ayrim eskirgan jihozlarni yangilash zarurligi qayd etildi va va qurilish sohasiga mas’ul bo‘limlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar kelishib olindi.

Maktab oshxonasida sanitariya qoidalariga to‘liq rioya qilingan, o‘quvchilar uchun issiq ovqat tashkil etilgan hamda taqiqlangan mahsulotlar savdosi mavjud emasligi aniqlandi.

Slide 1 of 2