Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Oltinsoy tumanida KQ-35-V-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ishlar hamda 2027-yil uchun rejalashtirilayotgan dasturlar muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich mazkur qaror aholi muammolarini mahallada hal etish, deputatlar, senatorlar va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

Qayd etilishicha, 2025-yil davomida tumanda mahallalar kesimida o‘rganishlar olib borilib, aholining ijtimoiy, iqtisodiy va kommunal muammolarini hal etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

2026-yilda deputatlarning mahallalardagi faolligini oshirish, aholi bilan ochiq muloqotlarni kengaytirish, bandlikni ta’minlash hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi belgilandi. Shu bilan birga,
2027-yilga mo‘ljallangan dasturlar mahallalardan kelib chiqqan taklif va tashabbuslar asosida shakllantirilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4