Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI KEGEYLI RAYONLIQ KEŃESINIŃ BASLIǴI SAYLANDI
янв.21
Bársheńizge belgili, Ózbekstan Respublikası Konstituciyasınıń jańa redakciyadaǵı 120-statyasına muwapıq, xalıq deputatları Keńesine onıń deputatları arasınan saylanǵan baslıq basshılıq etiwi hám wálayat, rayon hám qala hákimi bir waqıttıń ózinde Keńes baslıǵı bolıwı múmkin emes ekenligi belgilep qoyılǵan.
KUCHLI PARLAMENT VA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI KENGAYTIRISH USTUVOR VAZIFA

#munosabat

KUCHLI PARLAMENT VA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI KENGAYTIRISH USTUVOR VAZIFA

26 dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma yurtdoshlarimizni yangi marralar, ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirgani shubhasiz. Negaki, mamlakatimiz taraqqiyotini va uning yorqin istiqbolini belgilab beruvchi bu muhim dasturilamal hujjatda davlat boshqaruvini isloh qilish, ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish hamda islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha muhim vazifalar yaqqol aks etdi.

Masalan, Murojaatnomada ilgari surilgan davlat kafolati ostida jalb etiladigan tashqi mablag‘larni parlament tasdig‘idan o‘tkazish tashabbusi haqida qisqacha fikr bildiradigan bo‘lsak, bu amaliyot davlat qarzi va byudjet intizomi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi, qarorlarni tegishli mezonlar asosida qabul qilish imkonini beradi.

Davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish uchun Davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilish holatlarini faqat qonun bilan belgilash masalasi esa korrupsiya xavflarini kamaytirishga qaratilgan prinsipial yondashuv bo‘lib, parlamentning qoidalarni belgilash va ijrosini nazorat qilish vakolatlarini mustahkamlaydi.

Shuningdek, deputat so‘rovlarini ta’sirchan huquqiy vositaga aylantirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan yangi tartib, ya’ni Deputat so‘rovlari ijrosini har chorakda tahlil qilish va sustkashlik holatlari bo‘yicha prokuratura organlariga taqdimnoma kiritish amaliyoti ijro intizomini yanada kuchaytirib, “deputat -xalq ovozi” tamoyilini amalda ta’minlaydi.

Hokim va Kengash raisi vakolatlarini tuman va shahar darajasigacha ajratish mahalliy Kengashlarning mustaqilligi va ta’sirchanligini oshiradi, hududiy byudjet hamda ijtimoiy dasturlar ustidan prinsipial deputatlik nazoratini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlari oldiga ham Murojaatnomada aniq vazifalar qo‘yildi. Raqobatni tanqid bilan cheklamasdan, amaliy taklif berish, muqobil yechim tayyorlash va qarorlar ijrosini doimiy nazorat qilish orqali jamiyatda “hisobdor davlat” tamoyilini mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Raqamlashtirish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish uchun Yagona elektron platformalarni yangilash, ma’lumotlar almashinuvini tizimlashtirish va inson omilini qisqartirishga qaratilgan tashabbuslar esa qonunchilik, parlament eshituvlari hamda qo‘mita nazoratini uyg‘unlashtiradi. Provardida dalilga asoslangan nazorat, natija ko‘rsatkichlari orqali tahlil va fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etish imkoni kengayadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Murojaatnoma mamlakatimizda demokratiyani mazmunan boyitish, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning yangi yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladi.

Akbar Axtamov,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.

✈️

 @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1