Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI KEGEYLI RAYONLIQ KEŃESINIŃ BASLIǴI SAYLANDI
янв.21
Bársheńizge belgili, Ózbekstan Respublikası Konstituciyasınıń jańa redakciyadaǵı 120-statyasına muwapıq, xalıq deputatları Keńesine onıń deputatları arasınan saylanǵan baslıq basshılıq etiwi hám wálayat, rayon hám qala hákimi bir waqıttıń ózinde Keńes baslıǵı bolıwı múmkin emes ekenligi belgilep qoyılǵan.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KEGEYLI TUMAN KENGASHINING UN TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
КҮШЛИ КЕҢЕС, ЕСАП БЕРИЎШИ ҲӘМ ИНТАКЕР ҲӘКИМ ПРИНЦИПИ ТИЙКАРЫНДА НЫЗАМҒА ӨЗГЕРИС КИРИТИЛЕДИ.
MIROBOD TUMANI SANEPID OSOYISHTALIK BO‘LIMI BINOSI KAPITAL TA’MIRDAN SO‘NG FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Tadbirda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Bobur Abdullayev, SEO va JS qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Atabekov, Toshkent shahar SEO va JS boshqarmasi boshlig‘i M. Qudratxo‘jayeva, hokim o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlar hamda
OAV vakillari ishtirok etdi.
 

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov bugungi kunda aholi salomatligini
muhofaza qilish va epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
 

“Mirobod tumanida har bir fuqaroning salomatligi – biz uchun eng katta qadriyat. Sanitariya-epidemiologik xizmatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, laboratoriya va xizmat imkoniyatlarini zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Binoning yangilanishi esa oddiy ta’mir emas, balki aholining xavfsizligi va sifatli tibbiy nazorat uchun qo‘yilgan yana bir muhim qadamdir. Umid qilamanki, barcha shart-sharoitlar yaratilgan ushbu
zamonaviy maskan sanepidqo‘mita xodimlarining yanada samarali va aholi manfaatiga xizmat qiluvchi faoliyatini ta’minlaydi"
 

Mirobod tumani SEO va JS bo‘limi binosi 1971-yili qurilgan. 2021-yilda mahalliy byudjetdan 610 mln so‘m
ajratilib joriy ta’mirdan chiqarilgan. Shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi orqali yana 400 mln so‘m evaziga eshik-romlar almashtirilgan va qo‘shimcha ta’mirlash ishlari bajarilgan.
 

2023- yilda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Bakteriologiya laboratoriyasini to‘liq rekonstruksiya qilish tashabbusi g‘olib bo‘lib, ushbu maqsadga 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.  

2025-yilda loyihaning 1-mavsumida bino fasadini to‘liq yangilash, 2-qavatni ta’mirlash, darvozani
almashtirish va hovlida sug‘orish tizimini o‘rnatish bo‘yicha tashabbus 1102 ovoz bilan g‘olib deb topildi va asosiy keng qamrovli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
 

Yangilangan Mirobod tumani Sanepid bo‘limi endi zamonaviy talablarga javob beradigan, xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan va poytaxt aholisi salomatligiga xizmat qiluvchi muhim sanitariya-epidemiologik infratuzilma sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi.  

Slide 1 of 14