Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI KEGEYLI RAYONLIQ KEŃESINIŃ BASLIǴI SAYLANDI
янв.21
Bársheńizge belgili, Ózbekstan Respublikası Konstituciyasınıń jańa redakciyadaǵı 120-statyasına muwapıq, xalıq deputatları Keńesine onıń deputatları arasınan saylanǵan baslıq basshılıq etiwi hám wálayat, rayon hám qala hákimi bir waqıttıń ózinde Keńes baslıǵı bolıwı múmkin emes ekenligi belgilep qoyılǵan.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KEGEYLI TUMAN KENGASHINING UN TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
КҮШЛИ КЕҢЕС, ЕСАП БЕРИЎШИ ҲӘМ ИНТАКЕР ҲӘКИМ ПРИНЦИПИ ТИЙКАРЫНДА НЫЗАМҒА ӨЗГЕРИС КИРИТИЛЕДИ.
Shahar Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida 5 ta masala atroflicha ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi doimiy komissiya raislarining 2025-yil yakuni bo‘yicha hisoboti eshitildi. O‘tgan davr mobaynida bo‘lib o‘tgan 15 ta sessiyalarda doimiy komissiyalar tomonidan jami 97 ta masalalar ko‘rib chiqilib, sessiya muhokamasiga kiritilgan. Barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olingan. Shuningdek, doimiy komissiyalar oldidagi dolzarb masalalarga ham deputatlar to‘xtalib o‘tdilar. Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi ”Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida
“Toshkent viloyati shahar tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich”) PQ-341-qarori asosida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar Suvoqava tarmog‘i boshlig‘i X.Gaybullaevning hisoboti eshitildi. Deputatlar tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlarning sifati va ijro muddati bo‘yicha aholidan ko‘plab shikoyatlar tushayotganligi, bu borada nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalarni berdilar. Uchinchi masala shahar Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i B.Sattarovning hisoboti eshitildi. Shaharda “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Turaqulovaning hisoboti ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 2025-yil 3-mart kunidagi sessiya qarorini
1-ilovasiga o‘zgartirish kiritilib, yangi tarkibdagi Ishchi guruhi ro‘yxati tasdiqlandi. Kun tartibidagi barcha masalalar so‘ngida doimiy komissiyalarning xulosalari va sessiya kotibining sessiya o‘tkazilishi yuzasidan yakuniy axboroti eshitildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda sessiya qarorlari qabul qilindi.  

   

Slide 1 of 6