Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI KEGEYLI RAYONLIQ KEŃESINIŃ BASLIǴI SAYLANDI
янв.21
Bársheńizge belgili, Ózbekstan Respublikası Konstituciyasınıń jańa redakciyadaǵı 120-statyasına muwapıq, xalıq deputatları Keńesine onıń deputatları arasınan saylanǵan baslıq basshılıq etiwi hám wálayat, rayon hám qala hákimi bir waqıttıń ózinde Keńes baslıǵı bolıwı múmkin emes ekenligi belgilep qoyılǵan.
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

 Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida
targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
 

 Joriy yilning
18-dekabr kuni Navoiy teri-tanosillar kasalxonasi hamda Navoiy shahar “Bunyodkor”
mahallasida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati E.Navruzov tomonidan
korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilarining halollik tamoyillariga qat’iy
amal qilishi masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
 

   Tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmonining
2-ilovasi 27-bandida
keltirilgan “Korrupsiyaga
qarshi kurashishda mavjud tizimlarni yanada kuchaytirish, davlat xizmatchilarining
halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishi masalalari keng muhokama qilindi, shuningdek
oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash,
yoshlar, ayniqsa yangi oila qurish arafasida turgan yigit qizlar o‘rtasida to‘y
va marosimlarni o‘tkazishdagi salbiy holatlarning ma’naviy, axloqiy ijtimoiy va
iqtisodiy oqibatlarini tushuntirish ishlari samaradorligini oshirish” yuzasidan
maruza qilindi.
 

 Shuningdek
tibbiyot muassasasi xodimlari, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari hamda fuqarolar
ishtirok etdi. Unda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga
to‘siq bo‘layotgan omil ekanligi, shuningdek, soha va mahallada shaffoflikni ta’minlashning
ahamiyati xususida so‘z yuritildi.
 

 Deputat
E.Navruzov o‘z so‘zida davlatimiz rahbariyati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, sohaga oid qonun hujjatlari va ularning ijrosini
ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tibbiyot sohasida xizmat
burchini vijdonan ado etish, bemorlar bilan munosabatda halollik, adolat va qonuniylik
tamoyillariga qat’iy amal qilish muhim ekanligi ta’kidlandi.
 

“Bunyodkor” mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa
aholining huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol
bo‘lishga chorlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qonuniy yo‘l tutish, noqonuniy taklif
va harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi tushuntirildi.
 

 Tadbir
yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning fuqarolik
burchi ekanligi, halollik va shaffoflik jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori
ekanligi haqida yakdil fikr bildirdilar.
 

 Ushbu targ‘ibot-tashviqot
tadbirlari aholining huquqiy madaniyatini oshirish, davlat xizmatchilari va jamoatchilik
o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
 

   

Slide 1 of 7