KENGASH FAOLIYATI :
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 11 ta masala kiritilgan bo'lib:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025 yil 17 martidagi SQ-89-V (https://lex.uz/uz/docs/-7454538) sonli korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qarori asosida, Jarqo‘rg‘on tumanida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida 2025 yilning 4 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/acts/-3027843) Qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida, tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati shuningdek jamoat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan, Jarqo'rg'on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2025-yilning o'tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari bo'yicha hisobot va ma'ruzalarini tinglab, sessiyada muhokama qilib va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, fikr-mulohazalarni inobatga oliib tegishli qarorlar qabul qilindi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi qolgan 9 ta masala xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarida ko'rib chiqilb, tasdiqlash uchun sessiya kun tartibiga kiritildi.
📌 Sessiyaning to'liq ishini Kengashning you tube (https://youtube.com/@tuman_Kengashi?si=REB_upHYlfP3h2FX)sahifasi orqali kuzatishingiz mumkun.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati