Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI KEGEYLI RAYONLIQ KEŃESINIŃ BASLIǴI SAYLANDI
янв.21
Bársheńizge belgili, Ózbekstan Respublikası Konstituciyasınıń jańa redakciyadaǵı 120-statyasına muwapıq, xalıq deputatları Keńesine onıń deputatları arasınan saylanǵan baslıq basshılıq etiwi hám wálayat, rayon hám qala hákimi bir waqıttıń ózinde Keńes baslıǵı bolıwı múmkin emes ekenligi belgilep qoyılǵan.
9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xotira bor ekan – millat barhayot!

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.

9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.

9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning haqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalarga samimiyatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

Slide 1 of 7