35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
янв.21
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish holati yuzasidan hisobot tinglandi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida kun tartibidagi muhim masalalardan biri — Qo‘qon shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining atrof-muhitni muhofaza qilish holati to‘g‘risidagi hisoboti bo‘ldi.

Sessiyada ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Jumladan, noqonuniy chiqindixonalarni bartaraf etish, sanitariya holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda ekologik nazorat tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yirik sanoat korxonalarida atmosfera havosiga zararli tashlamalarni kamaytirish maqsadida zamonaviy chang ushlash qurilmalari va avtomatik monitoring tizimlarini joriy etish, korxonalar atrofida “yashil belbog‘”lar tashkil etish hamda ekologik nazoratni kuchaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Sessiyada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda yashillik darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Qo‘qon shahar “Rayxon” MFY hududida “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, “Open Budget” portali orqali g‘olib deb topilgan loyiha asosida mahalla hududida yangi yashil bog‘ barpo etish, sug‘orish tizimini yaratish, hududni obodonlashtirish va ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshiriladi.

Deputatlar tomonidan ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, “Yashil makon” va “Mening bog‘im” loyihalari ijrosini samarali tashkil etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida Qo‘qon shahrida ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6