Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
янв.21
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
TURKROVOT MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

 TURKROVOT MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov Kengash huzuridagi ekspert
guruhi a’zolari ishtirokida Turkrovot mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla
faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Ochiq muloqot davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar
va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari
muhokama qilindi.


Shuningdek, mahalla faollari va nuroniylarning jamiyatda
tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida hamjihatlik va ahillik muhitini
yanada kuchaytirishdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.


Uchrashuv davomida mahalla ahlini qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan fikr va
takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2