Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
янв.21
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
Qaror ijrosi amalda: “Sulton Saodat” qabristoni atrofini o‘rash ishlari deputatlik nazoratiga olindi

Mazkur jaroyonda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Mustafakulov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshovlar ishtirok etdi.

💬 Qarorga muvofiq, tarixiy va muqaddas ziyoratgoh hisoblangan “Sulton Saodat” qabristoni hududini zamonaviy temir panjara (yevro setka) bilan o‘rash loyihasi belgilangan bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

💬 Shuningdek, mas’ullar tomonidan loyihaga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanish smetasi, ish hajmining qonuniyligi hamda iqtisodiy samaradorligi atroflicha va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

💬"Muqaddas qadamjolarimizni asrash va obod qilish yo‘lida ajratilgan budjet mablag‘lari faqat va faqat maqsadli hamda yuqori sifatda sarflanishi shart. Bu borada hech qanday sustkashlikka yo‘l qo‘yilmaydi," — deya ta'kidlashdi komissiya a’zolari.

Slide 1 of 4