35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
янв.21
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
Kengash_faoliyati

DEPUTATLAR MAHALLALARDA: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR KO‘RIGI

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

✅Tasdiqlangan grafik asosida 7-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat U.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov mazkur mahallada bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

✅O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ "Mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi va samaradorligi;

✅ Aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalarning joyida hal etilishi;

✅ Hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holati.

✅"Maqsadimiz — xalq ichiga kirib, har bir xonadon muammosini tinglash va ularga amaliy yechim topish orqali xalqning davlatdan roziligiga erishishdir," — deydi deputat O.Jumayev.

✅Ishlar tizimli ravishda barcha okruglarda davom etmoqda.

Xalq dardi — deputat e’tiborida!

Slide 1 of 1