Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
янв.21
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibiga ko‘ra:

1️⃣ Tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish masalasi muhokama qilindi.

2️⃣ Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashi kotibiyatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda texnik vositalar xarid qilish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

3️⃣ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy hamda infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish masalasi muhokama qilindi.

4️⃣ Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.

5️⃣ “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2026-yil birinchi bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan takliflar uchun mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

6️⃣ Mirzacho‘l tumani bo‘yicha 2026-yil vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limiti tasdiqlandi.

7️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga asosan tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

8️⃣ Tuman hokimining 2026-yil 2-apreldagi 47-3-51-Q/26-sonli qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, tegishli takliflar ilgari surildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10