Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining faol deputati Nasiba Razzoqova O‘zbekiston Ekologik partiyasi guruhi vakillari bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida deputat va partiya faollari tibbiyot xodimlari bilan samimiy muloqot qilib, ularning ish sharoitlari, muammolari va takliflarini tingladilar. Muloqot markazida nafaqat sohadagi islohotlar, balki shifoxona hududini ko‘kalamzorlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash kabi muhim masalalar ham o‘rin oldi.