Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati Xakimov Nurmurod Abdumuradovich tomonidan Tashabbusli byudjetning 2025-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalardan biri Kattaqo‘rg‘on shahar Qo‘shhovuz mahallasida joylashgan 1-umumta’lim maktabida faollar zali hamda oshxona binosini qurish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
2025-yil ikkinchi mavsumi “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar Usmon Nosir nomli mahalla binosini buzib, qayta qurish hamda yangi bino ichida kutubxona va ayollar uchun fitnes zali tashkil etish maqsadida 1 milliard so‘mlik loyiha g‘olib deb topilgan edi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
#deputat_soʻrovi #shahardeputatlari #deputatlik_faoliyati
янв.21
Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan maktab.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova
янв.21
19-Raxima Islomova saylov okrugi deputati D.Muhammadiyev Chinobod MFYda ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari, yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
96_ta_Qonun

Xalq deputatlari Buvayda tumani Kengashi deputati Mamajonov Zuxriddin hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Aliqulov Sherali tomonidan hududlarda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qabul qilingan O‘RQ-399-son Qonunining ijrosi o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida dorixona va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan subyektlarda dori vositalarining saqlanishi, realizatsiyasi, sifati hamda aholiga yetkazib berish jarayonlari amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, dori vositalarining sertifikatlanganligi, yaroqlilik muddati, narx-navoning asosliligi hamda noqonuniy savdoning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, soha vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, jumladan, dori vositalari ta’minoti, logistika jarayonlari, narxlar barqarorligi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

✅O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, farmatsevtika faoliyatini tartibga solish, qonun talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda aholining sifatli va xavfsiz dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1