Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat uchrashuvi

Uchrashuvda deputat N. Mo‘minov o‘zining deputatlik vakolati doirasida 2026-yilda amalga oshiradigan ishlar rejasini yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirdi. Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlash, bu jarayonga aholini faol jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida deputat fuqarolarning murojaatlari bilan tanishib chiqdi. Jumladan, Nukus mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tibbiyot konteyneri zarurligi bildirildi. Mazkur masala bo‘yicha deputat Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari bilan uchrashib, muammoni hal etish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 1