Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KATTAQO’RG’ONDA MUHIM TRANSPORT INSHOOTI REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA
янв.21
Xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolar holidan xabar olindi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O'RGANILDI.
янв.21
Sport – sog‘lom avlod garovi!
янв.21
Mahalladagi infratuzilmaviy holat o‘rganildi.
янв.21
Hudud obodonligi va “drayver” loyihalar ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Imtiyozli kredit asosida oilaviy tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
ugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Shuning bir qismi sifatida QR-kod orqali to‘lov tizimi keng joriy etilmoqda.
янв.21
Deputat o‘rganishlari: xizmatlar sifatini oshirishga e’tibor.
янв.21
4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugidan saylangan deputati N.Xakimov tomonidan “Qoriravot” mahallasida
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Chinoz tuman Xalq qabulxonasi, tuman prokurori, Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi, hokim o‘rinbosarlari, doimiy komissiya raislari hamda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlari eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar S.Axmedova, F.Ibragimov, M.Mirsodiqov, O.Dadajonov, D.Teshabayev, A.Baxramov, N.Abdukadirovalar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Qo‘shma majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Surayyo Axmedova

Doimiy komissiya raisi

Slide 1 of 7