Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ziyolilar” mahallasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda xonadonlardagi muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
янв.21
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar bilan kasb tanlash va oliy ta’lim masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Yoshlar bandligi va “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan nazorat o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
Kengash_faoliyati

Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarida aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi jarayonlarini o'rganmoqda.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda deputatlar faoliyatini 2025 yil 12-14 noyabr kunlarida OAV da keng yoritish bo‘yicha MEDIA-REJA ijrosini ta’minlash maqsadida bugun xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari X.Abdimo'minov va B.Yo'ldoshevlar Bandixon tuman tibbiyot birlashmasining aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi bilan yaqindan tanishdi.

Bandixon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bitta markaziy shifoxona, 1 ta KTMP, 4 ta OP, 4 ta OSHP hamda 6 ta filiallar mavjud. Ushbu tibbiyot muassalar tomonidan bugungi kunda aholigi kasallik turiga qarab doimiy ravishda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanib kelmoqda. 

Tibbiyot birlashma tomonidan 2025 yil aprel oyidan hozirgi kunga qadar tumandagi kam ta’minlangan fuqarolarga, Dispanser nazoratidagi bemorlarga, nogironlarga tibbiyot birlashma tomonidan doimiy ravishda dori darmonlar berib kelinmoqda. Ushbu davr mobaynida jami 1120 nafar fuqarolarga bepul dori-darmonlar bilan ta’minlaganligini aniqlandi.

Bandixon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP, OP va OSHP larda doimiy ravishda aholiga bepul tibbiy ko‘rik hamda uyiga borgan holda patranaj ko‘riklar o‘tkazish ishlari doimiy ravishda amalga oshirilib borilmoqda. Kam ta’minlangan oila resteriga kiritilgan 530 nafar oiladagi 10 ming nafardan ortiq oila a’zolari aprel may oylarida to‘liq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

O‘rganishlar yakunida deputatlar ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 7