Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 7-Siplon saylov okrugi deputati Kuldashev Javlonbek Murodovich tomonidan 16-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat o‘rganishlari: xizmatlar sifatini oshirishga e’tibor
янв.21
8-Amir Temur saylov okrugi deputati Rustamova Dilfuza Muxitdinovna tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o'rganish
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish muvaqqat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
Narpay tumanida o‘quv-seminar tashkil etildi
янв.21
Yoshlar muammolari muhokama qilindi
янв.21
AHOLINI RO‘YXATGA OLISH JARAYONIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLLIGI OSHIRISH
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ "ИНСОН" ХИЗМАТЛАРИ МАРКАЗИДА БЎЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ИИБ ХОДИМЛАРИ БИЛАН УЧРАШДИ
#_munosabat

 

2025-yil 30-oktabr kuni qadimiy va betakror Samarqand shahrida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi
o‘z ishini boshladi. Bu tarixiy voqea nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa
uchun g‘ururli lahza bo‘ldi.
 

Ushbu yirik xalqaro anjuman O‘zbekistonning madaniyat, fan va ta’lim
sohalaridagi faoliyatiga berilgan yuksak e’tibor hamda Prezident Shavkat
Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ochiqlik va islohotlar siyosatining
amaliy samarasidir.
 

Deputat sifatida men bu voqeani yurtimizning xalqaro miqyosdagi
nufuzini yanada oshiruvchi, milliy qadriyatlarimizni jahon sahnasida keng
targ‘ib etuvchi muhim qadam sifatida baholayman.
 

Samarqandda o‘tayotgan UNESCO sessiyasi – bu bizning boy tariximiz,
madaniy merosimiz va tinchliksevarlik siyosatimizning yorqin timsolidir.
O‘zbekiston bugun
dunyo hamjamiyatida ishonchli hamkor, madaniyatlararo muloqot markazi sifatida
e’tirof etilayotganidan faxrlanamiz.