Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
munosabat
янв.21
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
Shahar ozodaligi va obodligi yo‘lida
янв.21
Kengash deputatlari va boshqa masʼullar hamrohligida
янв.21
Халқ депутатлари Каттақўрғон шаҳар кенгаши ҳузуридаги доимий комиссияларнинг муҳокама йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
янв.21
ТИББИЁТДА КОРРУПЦИЯГА ЎРИН ЙЎҚ
янв.21
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#Доимий комиссиялар йиғилиши ўтказилди
янв.21
DEPUTATLAR MUAMMOLI KREDITLARNI O‘RGANDI
янв.21
2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
Farg‘ona zaminida yana quvonch, yana sharafli damlar! Dalalarda oq ro‘mollar guldek jilvalangan, mashinalarning go‘zal navolari yangragan, tuman-shaharlarda istiqomat qiluvchi kattayu-kichikning yuzidan tabassum arimaydigan kunlar boshlandi.

 #Munosabat 

  

Farg‘ona zaminida yana
quvonch, yana sharafli damlar!
Dalalarda oq ro‘mollar guldek jilvalangan, mashinalarning
go‘zal navolari yangragan, tuman-shaharlarda istiqomat qiluvchi kattayu-kichikning
yuzidan tabassum arimaydigan
kunlar boshlandi.
 

Farg‘onalik mehnatkashlar
joriy yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani to‘liq bajarib,
313 ming 200 tonnadan
ortiq “oq oltin”
ni xirmonga yig‘dilar. Bu natija — fidoyi dehqonlarning
ko‘z nuri, tirishqoq terimchilarning sabri, yurtga mehrini
bag‘ishlangan mehnat
ahlining
bayramiga
aylandi.
 

Joriy mavsumda Farg‘ona
viloyatida 72 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilindi. Shuning 25 ming gektariga
xorijiy yuqori hosildor navlar ekilib, yurtimiz dalalarida yangilanish ruhi, ishonch
va umid meva berdi. Zamonaviy texnika, yangi texnologiyalar, paxta terim mashinalari
inson mehnatini yengillashtirib, mehnat samaradorligini yanada oshirdi.
 

Qo‘shtepa, Uchko‘prik,
Dang‘ara, Buvayda, Yozyovon, Oltiariq, Quva va Bag‘dod tumanlari terimda peshqadamlik
bayrog‘ini baland ko‘tardi. Ular misoli butun Farg‘ona yerida mehnat gullab-yashnadi,
barcha dalalarda “yurtim deb, xalqim deb” degan sadolar yangradi.
 

Bugungi yutuq — oddiy
raqam yoki hisob emas. Bu — yurtimizdagi mehnatkashlarning fidoyiligi, yurtimiz
rahbari tomonidan berilayotgan ishonch va e’tiborning amaliy samarasidir. Prezidentimiz tomonidan
berilayotgan qo‘llab-quvvatlash va ishonch har bir fermer, har bir mehnatkash qalbiga
kuch, yangi ilhom bag‘ishlamoqda.
 

Farg‘onalik paxtakorlar bugun yurtning iftixori, mehnatning
haqiqiy qahramonlari! Ular tergan har bir tola — yurtning kelajagiga qo‘shilgan
hissadir. Ular bilan faxrlanish, ularga minnatdorlik bildirish — barchamizning insoniy
burchimizdir. Chunki ular sababli bugun dasturxonimiz mo‘l, ko‘nglimiz to‘q, yuzi
nurlidir. Ular biladilar: Vatan taraqqiyoti — mehnatkash qo‘lida, yurt ravnaqi
— ularning fidoyiligida!
  

Slide 1 of 1