Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tinchlik, totuvlik va oila qadriyatlarini mustahkamlash maqsadida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman kengashi deputatlari, oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda psixologlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida oilaviy ajrimlarning oldini olish, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish yo‘llari, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida keng qamrovli ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan hayotiy misollar asosida samarali muloqotlar tashkil etildi.

Deputatlar oilaning jamiyatdagi o‘rni, barqaror oila muhitining ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berdilar.

Ushbu tadbir o‘z samarasini berib, bir nechta oilalar o‘zaro yarashish yo‘lini tanladi. Bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4