Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
CHINOZ TUMANI.DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI O'TKAZILDI.

Majlis kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Birinchi masala bo‘yicha 2025-yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha tumandagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining axboroti eshitildi.

Ikkinchi masala bo‘yicha Chinoz tumanida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risida joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

Majlisda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari va mahalla raislari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar A.Baxramov, M.Mirsodiqov, E.Saidovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati 

Slide 1 of 6