Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Ijtimoiy ehtiyojmand aholi uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan Qo‘qon shahrida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub fuqarolarni 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ularni zaxiraga qo‘yish masalasi o‘rin oldi.

Muhokamalar davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi takliflari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2027-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat faoliyatiga jalb etilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida jami 1 551 ta ish o‘rnini zaxiraga qo‘yish belgilandi.

Mazkur ish o‘rinlarini ijtimoiy ehtiyojmand toifalar kesimida quyidagicha taqsimlash nazarda tutilgan: nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — 693 ta, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari uchun — 467 ta, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun — 282 ta, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun — 63 ta, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uchun — 39 ta, odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun esa 7 ta ish o‘rni.

Yig‘ilishda ish beruvchilar uchun belgilangan talab va tartiblarga ham alohida e’tibor qaratildi. Qonunchilikka muvofiq, ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga mansub fuqarolarni belgilangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, korxona va tashkilotlar rahbarlari zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining kamida 25 foizini yil boshlanishidan oldin, qolgan qismini esa birinchi chorak davomida tayyor holatga keltirishi hamda bu haqda vakolatli organga axborot taqdim etishi lozimligi qayd etildi. Belgilangan talablarni bajarmagan ish beruvchilarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llanilishi mumkinligi ham eslatib o‘tildi.

Mazkur masalaning ko‘rib chiqilishi shaharda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7