Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
YANGI LOYIHALAR VA MAHALLA INFRATUZILMASI BILAN TANISHILDI

YANGI LOYIHALAR VA MAHALLA INFRATUZILMASI BILAN TANISHILDI

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Uychi tumanidagi o‘rganishlari davomida hududda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, obodonlashtirish ishlari hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, tuman hududidan oqib o‘tuvchi Chortoqsoy bo‘ylarini obodonlashtirish, aholi va mehmonlar uchun zamonaviy dam olish va sayr qilish sharoitlarini yaratish maqsadida “Xo‘jaobod” mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Sohil bo‘yi” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyihaning umumiy qiymati 34,8 milliard so‘m bo‘lib, uni 2026–2027-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida Chortoqsoy bo‘ylab aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratiladi.

Piyodalar yo‘laklarini barpo etish, xizmat ko‘rsatish va servis obyektlarini joylashtirish, foto zonalar tashkil etish, aholi hordiq chiqarishi uchun qulay maskanlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish hamda Chortoqsoy bo‘yini aholi va mehmonlar uchun zamonaviy, jozibador dam olish maskaniga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimi loyiha taqdimoti bilan tanishib, uni sifatli amalga oshirish, hududning me’moriy qiyofasi va aholi uchun yaratiladigan qulayliklarni inobatga olgan holda ishlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari Toshloq mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur mahalla hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-sonli qarori ijrosi doirasida zamonaviy infratuzilmaga ega, obod va ko‘rkam, aholi uchun qulay

“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”ga aylantirilmoqda.
Ushbu maqsadlar uchun mahallaga 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Avvalo, ichki yo‘llarni yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, uchta ko‘chada jami 7,4 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi.

Shuningdek, “Mehnatobod-2” va “Mustaqil diyor” ko‘chalarida 1,6 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i yangilandi. Buning natijasida 250 dan ortiq xonadonning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

Viloyat hokimi mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, mahalla yettiligi va faollar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda nuroniylar mahallada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdilar.


Shuningdek, fuqarolar tomonidan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq bildirilgan murojaat ko‘rib chiqilib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
 

Slide 1 of 1