Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
“DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI”: TALABALARGA DEPUTATLIK FAOLIYATI VA MAHALLIY KENGASHLAR ISHI HAQIDA MA’LUMOT BERILDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI”: TALABALARGA DEPUTATLIK FAOLIYATI VA MAHALLIY KENGASHLAR ISHI HAQIDA MA’LUMOT BERILDI

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari ishtirokida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova bilan “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

🔺 Uchrashuv davomida yoshlarning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati haqidagi bilimlarini kengaytirish, deputatlarning vakolatlari, fuqarolar manfaatlarini ifoda etishdagi o‘rni hamda hududlardagi dolzarb masalalarni hal etish jarayonlari yuzasidan tushunchalar berishga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Xususan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 39-“Minor” saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda aholi bilan ishlash tizimi haqida ma’lumot berildi.

📚 Deputat Nigora Eshmetova tomonidan mahalliy Kengash deputatlarining huquq va majburiyatlari, ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, deputatlik vakolatlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔎 Shuningdek, deputatlik faoliyatida aholi murojaatlarini o‘rganish, saylov okrugidagi mavjud masalalarni aniqlash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarning ahamiyati haqida fikr yuritildi.

💡 Uchrashuv mavzusi doirasida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari, jumladan, mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalarining deputatlik faoliyatidagi o‘rni ham yoritildi.

💼 Ayniqsa, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, davlat va jamiyat boshqaruvi jarayonlariga oid tushunchalarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🗣 Nigora Eshmetova deputatlik faoliyati nafaqat saylov okrugidagi muammolarni o‘rganish, balki fuqarolar, xususan, yoshlar bilan muloqot qilish, ularning manfaatlariga daxldor masalalarga e’tibor qaratish va qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat yuritishni ham qamrab olishini tushuntirdi.

♻️ Mazkur uchrashuv talabalarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish, mahalliy Kengashlar faoliyati haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda deputatlik institutining jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada chuqurroq anglashlariga xizmat qildi.

🤝 Deputat va yoshlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar yosh avlodning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.

📋 Huquqiy bilimli, tashabbuskor va faol yoshlar — jamiyat taraqqiyoti va kelajak bunyodkorligining muhim tayanchidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9