Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Navro‘z” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi va ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan oy davomida mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan:

🛠️ 6 nafar yoshning kasb-hunar o‘rganishi bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan;

💼 18 nafar yoshning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgan;

🎓 4 nafar yoshga kontrakt to‘lovlari bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur natijalar yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va doimiy ish bilan ta’minlash, ta’lim olish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning murojaatlarini manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasida yoshlar yetakchisi faoliyatini takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish va har bir yosh bilan individual ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti va kelajak bunyodkorlari!