Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya doirasida 3-Guliston saylov okrugida joylashgan “Qashqar” MFY hududidagi “Falak shoes” erkaklar oyoq kiyimlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Rustamov korxonada bo‘lib, tadbirkor A.Nurmatov rahbarligida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari va mahsulotlarni sotish yo‘nalishlari bilan tanishdi.

Bugungi kunda korxonada 120 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Bu esa hudud aholisini ish bilan ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda. Korxonada erkaklar uchun oyoq kiyimlarining 17 turi ishlab chiqarilib, shu paytgacha mahsulotlar asosan ichki bozorga yetkazib berilgan.

E’tiborlisi, korxona mahsulotlarini eksport qilish yo‘nalishida ham yangi qadamlar qo‘yildi. Endilikda “Falak shoes” mahsulotlari Qozog‘iston va Tojikiston bozorlariga ham chiqarila boshlandi. Bu korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, yangi bozorlarni egallash va mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim imkoniyatdir.

O‘rganish davomida E.Rustamov tadbirkor bilan ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, faoliyatni kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish uchun zarur imkoniyat va sharoitlarni yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Bunday korxonalar faoliyatini rivojlantirish nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki Marg‘ilon shahrining sanoat salohiyatini mustahkamlash va eksport hajmini oshirishda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 7