Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda o‘z vaqtida hal etish maqsadida mas’ullar biriktirildi.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasi aholisi bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilib, murojaatlar tinglandi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning muammolari va hududni rivojlantirishga oid takliflari atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda 24 ta tavsiyalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Maqsad: Aholining har bir murojaatini e’tiborsiz qoldirmaslik, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganib, manzilli hal etishdan iborat.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1