Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi

#deputat_faoliyati

#kotibiyat_mudirii_faoliyati

#kotibiyat_xodimi

#24_ta_masala

#162_ta_Qonunlar_ijrosi

#nazorat_tahlil

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlash maqsadida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 16-Qaldirg‘och saylov okrugidan saylangan deputat D.Qudratov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" MFYda bo‘lib, mahalla raisi va "Mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv va o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda deputatlik faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida tashkil etildi. Monitoring davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolari xonadonbay tahlil qilindi, "Ijtimoiy daftarlar" bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Tashrif yakunida aniqlangan masalalarni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Fuqarolar murojaatlarining ijrosi deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 1