Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
“QO‘SHCHINOR” BOG‘IDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI

🌿 “Qo‘shchinor” bog‘i Parkent aholisi uchun tabiat qo‘ynida sayr qilish, oilaviy hordiq chiqarish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish mumkin bo‘lgan sevimli maskanlardan biridir. Mazkur hududda yangi ijtimoiy obyektlarning bunyod etilishi esa bog‘ning jamoat maskani sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.
🏗 Bugungi kunda Parkent tumanida aholi uchun zamonaviy dam olish va hordiq chiqarish maskanlarini rivojlantirish, mavjud bog‘larni obodonlashtirish hamda yoshlar uchun qulay infratuzilma yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿 Shu yo‘nalishdagi ishlar doirasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-“Qo‘lichi” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan “Qo‘shchinor” bog‘i hududidagi qurilish jarayoni jamoatchilik nazorati asosida ko‘zdan kechirildi.
🟢 O‘rganish davomida qurilish ishlarining amaldagi holati, bajarilayotgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, sifat ko‘rsatkichlari va belgilangan ish jadvaliga rioya qilinishi yuzasidan fikr almashildi.
🟢 Jarayonda mas’ul loyihachi, buyurtmachi tashkilot “Alif Injenering group” MCHJ vakillari hamda qurilish ishlari boshqaruvchisi A. Umarov bilan suhbat o‘tkazilib, obyektning bugungi holati, bajarilgan ishlar va navbatdagi vazifalar haqida ma’lumotlar olindi.
🌱 Shu bilan birga, bog' atrofidagi hududni kelgusida kompleks tarzda obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va bog‘ning tabiiy qiyofasini saqlab qolish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
🌳 Yangi daraxt va manzarali butalar ekish, gulzorlar barpo etish, sayr yo‘laklarini tartibga keltirish, 🛝 bolalar maydonchalarini tashkil etish hamda oilaviy hordiq uchun zarur sharoitlarni yaratish “Qo‘shchinor” bog‘ining yanada ko‘rkam va qulay maskanga aylanishiga xizmat qiladi.
🟢 Ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun zamonaviy, xavfsiz va mazmunli bo‘sh vaqt infratuzilmasining yaratilishi hudud aholisi uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.
🟢 “Istirohat bogi”ning foydalanishga topshirilishi tuman aholisining yahshi hordiq chiqarishlari, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, turli madaniy-ma’rifiy, ijodiy va ijtimoiy tadbirlarni o‘tkazish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
🟢Mas’ullar tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha asosida davom ettirilmoqda. Obyektni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
🟢 O‘rganish yakunida deputat tomonidan qurilishda sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish, loyiha yechimlaridan chetga chiqmaslik, belgilangan muddatlarga amal qilish, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🟢 Shuningdek, obyekt foydalanishga topshirilgach, uning atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududni yagona me’moriy qiyofa asosida tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
🌳 Obod bog‘ — sog‘lom muhit, zamonaviy infratuzilma esa munosib dam olish uchun muhim shartdir.
“Qo‘shchinor” bog‘ining kelgusida yanada ko‘rkam, zamonaviy va fayzli maskanga aylanishi Parkent aholisi, ayniqsa, yoshlar va oilalar uchun yangi hordiq va mazmunli vaqt o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Slide 1 of 5