Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Ugam” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli X.Sayidazimova faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ayniqsa, nizoli oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf etishda mahalla faollari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🔵Shuningdek, mahallada faoliyat olib borayotgan “Oqila ayollar” tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar ham muhokama qilindi. Mazkur tadbirlarning mazmun-mohiyati, ular orqali oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish hamda oilalarda sog‘lom muhitni qaror toptirishga qaratilgan ishlarga e’tibor qaratildi.

🔵O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faolining mahalla faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, tegishli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda ish olib borishi, oilaviy muammolarni erta aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralarni o‘z vaqtida belgilashi muhimligi ta’kidlandi.

🔵Shuningdek, “Oqila ayollar” tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarni muntazam va ta’sirchan tashkil etish, ularda hayotiy tajribaga ega xotin-qizlar bilan bir qatorda, oilaviy masalalar bo‘yicha mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash, aholi va yoshlar bilan ochiq muloqotlarni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1