Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #20_band #162_qonun #deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #hamkorlik #deputatlik_nazorati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlarining o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish, tashkilotlar faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish va aniqlangan muammolarni deputatlik nazorati orqali bartaraf etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normurodova hamda Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov tomonidan Termiz shahar Adliya bo‘limida o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 20-bandi — davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Qaror ijrosi — hamkorlikning muhim mezoni

Nazorat-tahlil tadbiri Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 18-sentabrdagi VII-25-82-8-121-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Mazkur qaror bilan Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i G‘.Tilovqobilovning 2026-yil I yarim yilligida shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat holati bo‘yicha axboroti yuzasidan tegishli vazifalar belgilangan.

O‘rganish davomida Adliya bo‘limi faoliyatining so‘nggi uch yildagi natijadorligi, KPI ko‘rsatkichlari, fuqarolarning murojaatlari dinamikasi hamda davlat xizmatlari, FHDYO, notarial xizmatlar va boshqa huquqiy xizmatlar bo‘yicha bildirilayotgan murojaat va e’tirozlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “E-huquqshunos”, “e-qaror” va “e-Kengash” elektron tizimlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Fuqaro murojaati — asosiy mezon

Nazorat davomida fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida duch kelayotgan muammolarini aniqlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda murojaat va e’tirozlarni tizimli tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan 1 011 ta qonunbuzilish holati, ular yuzasidan kiritilgan taqdimnoma va ogohnomalar, sudlarga kiritilgan da’vo va arizalar hamda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi ham tahlil qilindi.

Aniqlangan qonunbuzilishlarning kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Hamkorlik — amaliy natijaga xizmat qiladi

Bunday o‘rganishlar deputatning biriktirilgan tashkilot faoliyatini shunchaki kuzatishi emas, balki muammolarni aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topishga qaratilgan.

Nazorat-tahlil yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratida qoldirildi.

Mahalliy Kengash deputatlari va ularga biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi bunday tizimli hamkorlik, eng avvalo, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.