Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
#Kengash_raisi #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi tomonidan tumandagi ijtimoiy va tibbiyot ob’ektlarida olib borilayotgan bunyodkorlik hamda ta’mirlash ishlarining borishi doimiy e’tiborga olingan.

Xususan, Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘riqxona binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari atroflicha nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Esanov bevosita ob’ektning o‘ziga tashrif buyurib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

Ob’ektda berilgan amaliy topshiriqlar va jadval asosidagi ishlarning ijro holati;

Tug‘riqxona binosining texnik hamda konstruktiv holati;

Qurilish sohasida qo‘llanilayotgan xomashyo va sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi.

Mas’ullar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda ob’ektni belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha pudratchi va mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5