Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #Kotibiyat_mudiri_ish rejasi DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA OCHIQLIK VA SAMARADORLIK.

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
 #Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kunlik_ish_reja
#Kotibiyat_mudiri_ish rejasi

DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA OCHIQLIK VA SAMARADORLIK.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zolari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, ochiqligi va aholiga yaratilgan qulayliklar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ham ishtirok etib. Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan markaz faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 400 dan ortiq turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Mazkur xizmatlarning yagona markaz orqali ko‘rsatilishi fuqarolarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklarni oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini qonuniy va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi zarurligi qayd etildi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati orqali aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1