Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi

Bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, mahallalarda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ–139-son “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, uning har tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor vazifalari sifatida belgilangan.

Mazkur qonun ijrosini joylarda o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova va “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi S.Azizov, Zuhro mahallasi raisi B.Soliyeva hamda mahalla faollari ishtirokida hududdagi bolalar maydonchalari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida bolalar maydonchalarining amaldagi holati, ularning bolalar uchun xavfsizligi, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida, xususan, 49-ko‘p qavatli uy oldidagi bolalar maydonchasida mavjud sharoitlar yetarli darajada emasligi aniqlandi. Mazkur holat bolalarning xavfsiz va qulay muhitda dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaxshilash lozimligini ko‘rsatdi.

Bu yerda masala faqat maydonchadagi mavjud jihozlar bilan cheklanmaydi. Bolalar foydalanadigan hududlarning xavfsizligi, obodonlashtirilganligi va amaldagi ehtiyojlarga mosligi muntazam nazorat qilib borilishi zarur. Shu bois aniqlangan muammoni bartaraf etish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha bolalar maydonchasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududni tartibga keltirish va bolalar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Deputatlik nazoratining mazkur shakli qonun talablarining joylardagi ijrosini baholash bilan birga, aholi kundalik hayotida sezilayotgan muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, bolalar foydalanadigan infratuzilma obyektlarida xavfsizlik va qulaylik masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.

Slide 1 of 5