Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

🏛 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Kengashning 2026-yil 30-iyundagi VII-28-72-5-76-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

♿️ Xususan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlar, maktabdagi shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

👩‍🏫 Shuningdek, inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarga zarur pedagogik yondashuvni ta’minlash, ularning tengdoshlari qatorida bilim olishi va maktab hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.

🤝 Inklyuziv ta’limni rivojlantirish, ta’lim muassasalarida barcha o‘quvchilar uchun teng va qulay sharoitlarni ta’minlash hamda bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish masalalari doimiy e’tiborda.

🌱 Har bir bola — e’tibor va sifatli ta’limga munosib!

Slide 1 of 3